Samarqand va Turkiston endi yanada yaqin
Qozog‘istonning “Qazaq Air” aviakompaniyasi Turkistondan Samarqandga muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘ydi.
Ushbu yo‘nalishdagi ilk parvoz 22-mart kuni amalga oshirildi.

Turkiston – Samarqand – Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftaning juma va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Birinchi aviaqatnov munosabati bilan Samarqand xalqaro aeroportida tantanali marosim tashkil etildi. Unda Samarqand viloyati hokimligi va “Qazaq Air” aviakompaniyasi mas’ullari qatnashdi.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari