Samariddin Qo‘chqorov Osiyo o‘yinlarida bronza medalga ega chiqdi
Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tayotgan XX Osiyo o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ilk medalini qo‘lga kiritdi.
Jumladan, dzyudo bahslarining -60 kilogramm vazn toifasida bellashayotgan bronza medali uchun tojikistonlik Loiq Kudbudinov bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda polvonimiz g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 14 ta oltin, 17 ta kumush va 18 ta bronza medalga yetdi.
Darvoqe, birozdan so‘ng, dzyudo bahslarida -52 kilogramm vazn toifasida Sita Qadamboyeva finalda Janubiy Koreya vakili Seyun Jang bilan tatamiga chiqadi. -66 kilogrammgacha vazn toifasida Abdurahim Nutfulloyev mo‘g‘ulistonlik Yulk Kazirbiyevga qarshi bahs olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA