Salomatlik, xavfsizlik va barqaror kelajak yo‘lida birgalikda harakat qilamiz! (+video)
Shu yilning 20-21 aprel kunlari Samarqand shahrida “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusida global forum o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tomonidan BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur forum bugungi kunda global ahamiyat kasb etayotgan narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Shuningdek, tadbir doirasida ilg‘or xalqaro tajribani tizimli ravishda o‘rganish va uni amaliyotga joriy etish, zamonaviy narkotahdidlarga qarshi kompleks yondashuvlarni ishlab chiqish, giyohvandlikka qarshi kurashish sohasida davlatlararo va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Tadbirda 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilot, 50 ga yaqin davlatdan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, 500 ga yaqin xalqaro ekspertlar va soha mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.
Forum davomida narkotik vositalar noqonuniy aylanmasining global va mintaqaviy tendensiyalari, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida profilaktika tizimini takomillashtirish, davolash, reabilitatsiya va ijtimoiy reintegratsiya jarayonlarini rivojlantirish, raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellektdan samarali foydalanish masalalari muhokama qilinadi.
Yalpi majlis va panel sessiyalarning bosh mavzusi salomatlik, xavfsizlik va barqaror kelajak yo‘lida birgalikda harakat qilishga da’vat bo‘lishi kutilmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/86zAI_phna4" title="Salomatlik, xavfsizlik va barqaror kelajak yo‘lida birgalikda harakat qilamiz!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri