“Salomatlik” poyezdi Navoiyda
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan yoʻlga chiqqan “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordam poyezdi Navoiy shahridagi Tinchlik lokomotiv deposida boʻldi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan yoʻlga chiqqan “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordam poyezdi Navoiy shahridagi Tinchlik lokomotiv deposida boʻldi.


Mazkur xayrli loyiha temir yoʻl transporti xodimlarining salomatligini taʼminlash, sogʻlomlashtirish hamda ularining toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtishi uchun qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Tibbiy tadbirda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining Toshkent shahridagi markaziy poliklinikasining malakali shifokorlari viloyat hududidagi barcha temir yoʻl stansiyalarida mehnat qilayotgan 800 nafardan ortiq ishchi-xodimlarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi.
“Salomatlik” tibbiy-sanitar yordam poyezdi koʻrik va laboratoriya tahlili uchun zarur boʻlgan tibbiy uskunalar, jihozlar va boshqa kerakli vositalar bilan taʼminlangan.