“Salomatlik” gazetasi – 30 yoşda
Karmana tumanidagi “Şodiyona” tantanalar uyida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Navoiy viloyati bölimi hamda viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi hamkorligida “Salomatlik” gazetasining 30 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir taşkil etildi.
Tadbirda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi bölim boşliği Akbarxon Magdiyev, viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Şohira Raubayeva, viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği örinbosari Azimjon Yorqulov sözga çiqib, mamlakatimizda matbuot va OAVlar sohasida amalga oşirilayotgan işlar haqida töxtalib, “Salomatlik” gazetasi moddiy va maʼnaviy qiyinçiliklarga qaramasdan hamon öz öquvçilariga ega ekanligini alohida taʼkidladi.
Bugungi kunda “Salomatlik” gazetasi 3500 nusxada çop etilmoqda. 2022-yildan buyon tahririyat qoşida “Ibrohim Jumayev mahorat maktabi” faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur mahorat maktabining 2 nafar tinglovçisi bevosita “Salomatlik” gazetasida faoliyat körsatmoqda va bir nafari Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzoligiga qabul qilindi.
– “Salomatlik” gazetasida nafaqat tibbiyot olami yangiliklari, balki ijtimoiy-siyosiy, madaniy, maʼrifiy hayot ham keng yoritilib borilayotganligi uning auditoriyasi tobora kengayib borişiga mustahkam zamin yaratdi, – deydi Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi viloyat bölimi raisi Otabek Aslonov. – Bosib ötilgan 30 yil gazeta tahririyati uçun yengil keçmadi. Ijodiy jamoani şakllantiriş, matbaa masalalari, obunani taşkil etiş, xodimlarni maoş bilan taʼminlaş kabi işlarning barçasi doimo taşabbuskorlik va maşaqqatli mehnatni talab etadi. Şu boisdan bölsa kerak, naşr bugun ham öz muxlislarining könglini quvontirib, har hafta xonadonlariga kirib bormoqda, tibbiy, ijtimoiy-siyosiy, badiiy, maʼnaviy-maʼrifiy yönalişlardagi xabar va maqolalar, oçerklar bilan xursand qilmoqda. Gazeta boş muharriri Ibrohim Jumayevning 2025-yilda Prezident farmoniga köra, “Soğlom turmuş” medali bilan taqdirlangani esa tahririyat jamoasi mehnatiga berilgan ulkan baholardan biridir.
[gallery-32314]
Tadbirda bir guruh OAV xodimlari uyuşma aʼzoligiga qabul qilingan bölsa, tahririyat xodimlari, jumladan, tadbirga taşrif buyurgan mehmonlarga gazeta rahbariyatining esdalik sovğalari topşirildi.
Abduvali Böriyev, Siroj Aslonov (surat),
ÖzA muxbirlari