Salomatlik – eng katta boylik
Тibbiy ko‘rik Qo‘qon shahridagi “Shayxon” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati kengashi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlab “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Tadbir doirasida So‘x tumanida ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va mazkur kasallikka qarshi kurashish maqsadida bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialining malakali shifokorlari tomonidan ikki yuzga yaqin ayollarga kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.
– Xotin-qizlar orasida uchrayotgan ko‘plab onkologik kasalliklarning oldini olish va kurashishni ko‘zda tutuvchi bunday tibbiy ko‘rikdan ayollar mamnun bo‘lmoqda, – deydi O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati kengashi apparat rahbari Nafisaxon Elchieva. – Darhaqiqat, ayollarimiz sog‘lom bo‘lsa jamiyatimizga sog‘lom va baquvvat insonlar dunyoga keladi. Mazkur tashabbus zamirida xotin-qizlarning jamiyatdagi roli va mavqeini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi e’tibor va g‘amxo‘rlik mujassam.
Shu kabi tibbiy ko‘rik Qo‘qon shahridagi “Shayxon” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi.
– Shahrimizdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda barcha boshlang‘ich partiya tashkilotlarida bunday tibbiy ko‘riklarni tashkil etish ko‘zda tutilgan, – deydi O’zLiDeP Qo‘qon shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Muhsinjon Yusupov. – Bugungi tibbiy ko‘rikda ko‘plab fuqarorlar ishtirok etib, sog‘liklarini yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazdi.