Sakkiz bokschimiz yarim finalda
Grozniy shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan an’anaviy xalqaro turnirning chorak finalidan 8 nafar bokschimiz muvaffaqiyatli o‘tdi.
Grozniy shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan an’anaviy xalqaro turnirning chorak finalidan 8 nafar bokschimiz muvaffaqiyatli o‘tdi.
Musobaqaning chorak finalida 64 kilogrammgacha vaznda ishtirok etayotgan Elnur Abduraimov rossiyalik Umar Magomadovni birinchi raundda nokautga uchratgan bo‘lsa, vazni 91 kilogrammdan ortiq bo‘lgan Bahodir Jalolov ham rossiyalik bokschi Richard Bitievni birinchi raundda mag‘lub etdi.
Shuningdek, vakillarimizdan Foziljon Abdumurodov, Shunqor Abdurasulov, Bahrom Fozilov, Madiyar Saidrahimov, Obidjon Tohirov va Kozimbek Mardonov o‘z vazn toifalarida yarim finalga yo‘l oldi.