“Sahifalar ichra dunyo“ nomli uchrashuv o‘tkazildi
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universitetida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Muhabbat Yo‘ldosheva va Gulnoz Tojiboyevalar bilan “Sahifalar ichra dunyo” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rahbariyati, o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yozuvchilar o‘zlarining ijodiy faoliyati, asarlarining yozilish jarayoni va ulardagi obrazlar, mavzularga asos bo‘lgan hayotiy voqealar, tajribalar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni so‘zlab berdi.
Shuningdek, talabalarning savollariga javob berib, eng qiziqarli savol egalariga mualliflik kitoblaridan ulashdi.
Bu ijodiy uchrashuv adabiyotga mehr qo‘ygan yoshlar uchun katta ilhom manbai bo‘ldi va ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Tadbir so‘ngida ijodkorlar universitet kutubxonasi uchun o‘zlarining mualliflik kitoblari hamda oilaviy kutubxonasidan 100ta nomdagi kitoblarni sovg‘a qildi.
O‘zA