Sadriddinov Akmal Abdullo o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Qog‘oz massa komponentlari xususiyatlarining bosma sifatini oshirishga ta’siri» mavzusida
Sadriddinov Akmal Abdullo o‘g‘lining 05.02.03 – «Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari» texnika fanlari ixtisosligi bo‘yicha «Qog‘oz massa komponentlari xususiyatlarining bosma sifatini oshirishga ta’siri» mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.08.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 27-dekabr soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko‘chasi 5.
Tel.: (998971) 253-06-06; faks: (998971) 253-36-17.
e-mail: titli_info@edu.uz