Sabrina Olimjonova xalqaro turnir chorak finalida
Namanganda tashkil etilgan tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro turnirda chorak final bosqichiga yo‘l olgan raketka ustalari aniqlandi.
J100 tasnifiga kiruvchi mazkur nufuzli turnirning ikkinchi davrasida muvaffaqiyatga erishgan hamyurtimiz Nuriddin Baxtiyorov 1/4 final bosqichida tailandlik Penn Charusorn bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Qizlar o‘rtasida yosh tennischimiz Sabrina Olimjonova ikkinchi davrada neytral tennischi Famina Uladzislavani 6:4, 6:1 hisobida taslim etdi va yarim final yo‘llanmasi uchun yana bir neytral tennischi Anna Bazderova bilan raqobatlashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA