Sabina Sharipovaning dastlabki g‘alabalari
Tennis bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi, ko‘pkarra O‘zbekiston chempioni Sabina Sharipova Xitoyda o‘tkazilayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi taqvimiga kiruvchi turnirning yakkalik va juftlik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Tennis bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi, ko‘pkarra O‘zbekiston chempioni Sabina Sharipova Xitoyda o‘tkazilayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi taqvimiga kiruvchi turnirning yakkalik va juftlik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.S.Sharipova yakkalik bahslarining birinchi davrasida isroillik Ofri Lankrini 6:1, 6:1 hisobida yengib, mezbon tennischi Xeodi Youga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Juftlik bahslarida hindistonlik Ankita Raina bilan birgalikda ishtirok etayotgan hamyurtimiz xitoylik tennischilar – Lingvey Kong va Yifey Yangni 6:0, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. Ular musobaqaning ikkinchi davrasida Xitoy sharafini himoya qilayotgan Xinyu Gao va Yijiya Jao bilan bellashadi.