Sabina Sharipova chorak finalga chiqdi
Mamlakatimizning eng kuchli ayol tennischisi Sabina Sharipova Tunisning Monastir shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirning yakkalik bahslarida chorak finalga chiqdi.
Mamlakatimizning eng kuchli ayol tennischisi Sabina Sharipova Tunisning Monastir shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirning yakkalik bahslarida chorak finalga chiqdi.
Sabina Sharipova asosiy turdagi ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi davradan boshladi. Tennischimiz ushbu bosqichda slovakiyalik Ingrid Vojchinakova bilan raqobatlashib, yakunda 6:1, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa 1/4 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Sabina, endi yarim final ostonasida fransiyalik tennischi Viktoriya Muntinga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Afsuski, Sabina Sharipova musobaqaning juftlik bahslarida Viktoriya Muntin bilan birga ishtirok etib, chorak final bosqichida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.