Ruslan MIRZAEV: SHHT karvoni harakatlanishda davom etadi
Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayevning ta’kidlashicha, ishtirok etgan delegatsiyalar soni, keng ko‘lamli tayyorgarlik tadbirlari va qabul qilingan qarorlar mundarijasi SHHT Samarqand sammitining o‘ta muhim anjuman ekanidan dalolat.
«Samarqand sammiti, eng muhimi, SHHTga a’zo davlatlar kimgadir qarshi turish uchun emas, balki bir-biriga yordam ko‘rsatish, barchaga birdek manfaat keltirish uchun do‘stlashganini yana bir bor tasdiqladi», - deya ta’kidladi u. R.Mirzayevning ta’kidlashicha, SHHT karvoni bir-birini qo‘llab, barcha a’zolarga birdek manfaat keltirgan holda belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishda davom etadi. SHHT oilasi an’anaviy do‘stlik rishtasini, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda qoyim.
N.Haydarov (foto), O‘zA