RPLda Denisov Shomurodovdan ustun keldi
Bugun futbol boʻyicha Rossiya Premyer-ligasida 17-tur oʻyinlariga start berildi. Ushbu tur bahslarini hamyurtlarimiz ishtirokidagi oʻyin ochib berdi
Bugun futbol boʻyicha Rossiya Premyer-ligasida 17-tur oʻyinlariga start berildi. Ushbu tur bahslarini hamyurtlarimiz ishtirokidagi oʻyin ochib berdi.
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov faoliyat olib borayotgan Samaraning “Krilya Sovetov” jamoasi oʻz maydonida yana bir yurtdoshimiz, terma jamoamiz aʼzosi Eldor Shomurodov toʻp tepayotgan “Rostov” klubini qabul qildi. Taʼkidlash kerak, uchrashuv ancha asabiy tarzda kechib, uchrashuv bosh hakami yetti nafar futbolchini ogohlantirib, yana uch kishini maydondan chetlatdi.

Ayniqsa, ikkinchi boʻlimdagi deyarli har bir epizoddan keyin janjal kelib chiqdi. Uchrashuvning 47-daqiqasida Vitaliy Denisov oʻz jamoadoshi, darvozabon Sergey Rijikov bilan toʻqnashuvdan keyin hushini yoʻqotdi va bir necha daqiqadan soʻng maydonga qaytgan hamyurtimiz 68-daqiqada jamoadoshi Zotov bilan almashtirildi. Yana bir vatandoshimiz, “Rostov” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov esa bahsda toʻliq harakat qildi.

Uchrashuv taqdirini esa 11-daqiqada Paul Anton tomonidan kiritilgan gol hal qildi – 1:0. Ushbu gʻalabadan soʻng samaraliklar oʻz ochkolari sonini 17taga yetkazgan holda 12-oʻringa koʻtarilib olishdi. “Rostov” esa 24 ochko bilan 6-oʻrinni egallab turibdi.