Rossiyaning oltin eksporti ikki baravarga oshdi
Rossiyaning asl holatdagi oltin eksporti 2020 yilda ikki baravarga oshib, 320 tonnaga yetdi. Bir yil oldin bu ko‘rsatkich 123 tonna bo‘lgan. "TASS" bu xususda federal bojxona xizmati ma’lumotlariga tayangan holda ma’lumot tarqatgan.
Mablag‘ ko‘rinishida bu miqdor 18,5 milliard dollarni tashkil qiladi, bu esa bir yil oldingi miqdordan 3,2 baravarga ko‘p.
Ta’kidlanishicha, Rossiya oltinining eng ko‘pi, ya’ni 290 tonnasi Buyuk Britaniyaga chiqarilgan. 2019 yilda mazkur mamlakat Rossiyadan 113 tonna oltin olgan.
Ma’lumotda o‘tgan yili Rossiya 2007 yildan buyon ilk marta o‘zining oltin zahiralarini sotishga tushgani aytilgan.