Rossiyaning Armanistonga to‘rt sharti, Eronning ogohlantirishi va AQSH - Xitoy muzokaralari - Xorij xabarlari
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Rossiyaning Armanistonga gaz yetkazib berish bo‘yicha qo‘ygan to‘rtta sharti, Saudiya Arabistoni bosh muftiysining husiylarga qarshi kurash haqidagi chaqiriqlari, Eronning qo‘shni davlatlar aeroportlariga nisbatan tahdidi hamda AQSH Prezidenti Donald Trampning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin sharafiga Oq uyda davlat ziyofati uyushtirgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishi va kanadalik yozuvchining roman yozishda sun’iy intellektdan foydalanganlikda ayblanayotgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan. Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov,
Salimjon Obidjonov, O‘zA