Rossiyalik pedagoglar Jizzaxda
Kecha ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi va Rossiya Federatsiyasi maorif vazirligi tomonidan memorandum imzolandi.
“Oʻzbekiston maktablarida rus tili fanini va umumtaʼlim fanlarini rus tilida oʻqitish sifatini oshirish” loyihasi doirasida mamlakatimizga kelgan rossiyalik pedagoglar – Gersen nomidagi universitet proffessori, falsafa fanlari doktori Dmitriy Vladimirovich Beloborodov hamda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nadejda Yuriyevna Saltanova Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Maʼlumki, ushbu loyiha Alisher Usmonovning “Sanʼat, fan va sport” xayriya jamgʻarmasi hamkorligida amalga oshirilmoqda. A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamda Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti dasturga operatorlik qilayotir.

Kecha ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi va Rossiya Federatsiyasi maorif vazirligi tomonidan memorandum imzolandi.
Rossiyalik pedagogolar tashrif doirasida Jizzax shahridagi 10-umumtaʼlim maktabida rus tili fanining oʻqitilishini oʻrgandi.
Rossiyalik pedagogklar Jizzax safari davomida atoqli davlat arbobi va adib Sharof Rashidov uy muzeyiga ham sayohat qildi.