Rossiyadan naqd pul va oltin olib chiqishga cheklovlar kiritildi
Rossiya prezidenti yangi farmon imzolab, naqd pul va oltinni mamlakatdan olib chiqish qoidalarini keskinlashtirdi. Bu cheklovlar, ayniqsa, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga tegishli, deb xabar berdi DW nashri.
2026-yil 1-apreldan boshlab, jismoniy shaxslar Rossiyadan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga, ya’ni Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘izistonga 100 ming dollardan ortiq naqd rubl olib chiqolmaydi.
Shuningdek, tadbirkorlar va kompaniyalar uchun naqd pulni poyezd yoki mashina orqali olib chiqish taqiqlanadi, faqat xalqaro aeroportlar orqali olib chiqish talab etiladi. Barcha jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar endi pulning manbasini bank hujjatlari bilan tasdiqlashi va uni xorijda qanday maqsadda ishlatishini deklaratsiyada ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
Yangi farmonga ko‘ra, 100 grammdan og‘ir oltin quymalarini olib chiqish ham cheklanadi. 2026-yil 1-maydan boshlab, tadbirkorlar va kompaniyalar bunday oltinni faqat maxsus ruxsat bilan hamda ayrim aeroportlar orqali olib chiqishi mumkin bo‘ladi.
Jismoniy shaxslar uchun bu cheklovlar nafaqat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga, balki boshqa mamlakatlarga chiqishda ham amal qiladi.
<iframe width="412" height="732" src="https://www.youtube.com/embed/1xB1j3Hdlpg" title="Rossiyadan naqd pul va oltin olib chiqishga cheklovlar kiritildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov, O‘zA