Rossiyada prezidentlik saylovi kampaniyasi boshlandi
Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Ella Pamfilova Komissiya yig‘ilishida bu haqda ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Ella Pamfilova Komissiya yig‘ilishida bu haqda ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.“Saylovni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha barcha tayyorgarlik ko‘rildi”, dedi E.Pamfilova.
Saylovda kimlar ishtirok etmoqda?
Ayni paytda 23 nafar nomzod Markaziy Saylov Komissiyasiga saylovda ishtirok etish istagini bildirgan. Ular orasida Rossiyaning amaldagi Prezidenti Vladimir Putin ham bor. To‘rtinchi bor saylovlarda ishtirok etayotgan Putin o‘zining oldingi ishtiroklaridan farqli ravishda bu gal mustaqil nomzod sifatida qatnashadi.
Kampaniya boshlangunga qadar “Yabloko” partiyasining asoschilaridan biri Grigoriy Yavlinskiy va Liberal Demokratik Partiya yetakchisi Vladimir Jirinovskiy saylovlarda ishtirok etishlarini ma’lum qilishgan edi. Shuningdek, Tadbirkorlarni huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Prezident huzuridagi vakil Boris Titov (“Rosta” partiyasi), siyosatshunos, Ijtimoiy texnologiyalar markazi rahbari Andrey Bogdanov, telejurnalist Kseniya Sobchak, “Jenskiy dialog” partiyasi yetakchisi Yelena Semerikova, tadbirkor Sergey Polonskiy, qo‘shiqchi va huquq himoyachisi Yekaterina Gordonlar ham bor.
Prezidentlik saylovlarida KPRF va “Spravedlivaya Rossiya” partiyalari ham ishtirok etadi. KPRF Markaziy Qo'mita raisi Gennadiy Zyuganovning qayd etishicha, partiya yetakchisi sifatida saylovlarda ishtirok etishga doim tayyor. Biroq ushbu masala yuzasidan qarorni partiya syezdi qabul qiladi.
"Spravedlivaya Rossiya" yetakchisi Sergey Mironov partiya vakillari Putinning saylovdagi ishtirokini ijobiy baholayotganini ma’lum qilgan. Shu bois yaqin orada partiya Putin foydasiga saylovlarda ishtirok etishni rad etishi mumkin.
Rossiyada prezidentlik saylovlari 2018-yilning 18-martida o‘tkaziladi.