Rossiya - Ukraina uruşida köpriklar asosiy nişonga aylanmoqda (+video)
Rossiya – Ukraina uruşida strategik ahamiyatga ega transport infratuzilmalariga özaro hujum kuçaymoqda. Rus qöşini Kiyevdagi Dnepr daryosi uzra ötgan köpriklarga zarba bergan bir payt, ukrain harbiylari Qrim köprigiga hujum qildi. Har ikki holatda transport qatnovi çeklanib, muhim infratuzilmaga yetkazilgan zarar oqibati örganilmoqda.
DW xabariga köra, Rossiya oktabr oyi boşidan buyon Kiyevdagi Dnepr daryosi ustidan ötgan Janubiy va Şimoliy köpriklarni bir neça bor nişonga olgan.
Kiyev meri Vitaliy Kliçko maʼlum qilişiça, hujum tufayli köpriklarda harakat vaqtinça töxtatilgan, şaharning ikki qirğoği örtasida transport qatnovi qiyinlaşgan. Ayrim joylarda isitiş va suv taʼminoti bilan boğliq muammo yuzaga kelgan.
Ukraina harbiylari esa 16-noyabr kuni tongda Kerç böğozi orqali Rossiyaning asosiy hududini Qrim bilan boğlab turuvçi köprikka dron yordamida zarba berdi. Hujumdan keyin köprik orqali avtomobil harakati töxtatildi. Rossiya tomoni tezkor ştab tuzilganini eʼlon qildi. Inşootga jiddiy zarar yetgani haqida xabarlar tarqaldi. Binobarin, dastlab keltirilgan ayrim maʼlumotlar rasman tasdiqlanmadi.
Şu tariqa uruşda köpriklar nafaqat transport tizimi vositasi sifatida, balki harbiy taʼminot, logistika va iqtisodiy aloqalar nuqtai nazaridan ham muhim nişonga aylanmoqda. Har ikki tomon bunday qurilmalarga zarba berişi aholi turmuşi, transport harakati va hududlarning kundalik taʼminotiga bevosita salbiy taʼsir körsatmoqda.
Kenja Bekjonov, Uluğbek Töxtayev (video), ÖzA