Rossiya harbiy xarajat ortishi tufayli tejamkorlikni kuchaytirmoqda
Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov Bosh vazir Mixail Mishustinni federal byudjet mablag‘i zarur to‘lovni vaqtida amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkinligidan ogohlantirdi.
G‘aznachilik hisobidagi federal byudjet qoldig‘i 5,5 trillion rubl (65,3 milliard dollar) manfiy darajaga tushdi. “Bloomberg” ma’lumotiga ko‘ra, shundan so‘ng rasmiylar tejamkorlik choralarini joriy qildi. Urush bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat, davlat sektori va harbiylar maoshi, ijtimoiy dasturlar, mintaqaviy yordam va milliy qarzni to‘lash uchun mablag‘ 35 foiz қисқартирилди.
Federal idoralarga xodimlarni 15 foiz qisqartirishga tayyorgarlik ko‘rish va barcha zarur bo‘lmagan xarajatni keyinga qoldirish buyurildi.
Rossiya byudjeti taqchilligi allaqachon rejalashtirilgan 1,6 foizga nisbatan 6,5 trillion rubl (75,5 milliard dollar) yoki yalpi ichki mahsulotning 2,8 foiziga yetdi. Moliya vazirligi ichki faraziga ko‘ra, 2026-yil oxiriga kelib vaziyat yanada keskinlashishi mumkin. “Bloomberg” manbalari vaziyat hali jiddiy emasligini ta’kidlagan: Rossiya hali bir necha yil davomida urushni moliyalashtirishga qodir.
S.Rahimov, O‘zA