Rossiya Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.
Muzokaralarda O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali munosabatlarining dolzarb jihatlarini muhokama qildi. Shuningdek, oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashdi.
Rossiya tomonining 2021 yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi ishtirokini ham ko‘rib chiqdi.
O‘zA