Ronaldu shaxsiy rekordlarini yangiladi
Xabaringiz bor, Portugaliya va Andorra terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 7:0 hisobida yakunlandi.
Mazkur uchrashuvda maydonga tushgan Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bir nechta shaxsiy rekordlarini yangiladi.
Xususan, ushbu uchrashuvda Ronaldu terma jamoadagi 100 g‘alabasini nishonlagan bo‘lsa, Andorra darvozasini bir marotaba ishg‘ol qilib, terma jamoadagi gollari sonini 102 taga yetkazdi. Shu tariqa terma jamoasida 100 tadan ko‘p gol urgan ilk yevropalik futbolchiga aylandi.
Dunyo bo‘yicha yuzlik gollar davonini faqatgina Eron terma jamoasining sobiq a’zosi Ali Dayei zabt etgan edi. Shu paytga qadar u terma jamoa safida raqib darvozasiga 109 ta gol urgan yagona futbolchi hisoblanardi.
Endi Ronaldu Portugaliya uchun yana 8 ta golga mualliflik qilsa, jahon rekordini yangilab qo‘yadi. Shuningdek, u terma jamoa safidagi bellashuvlari sonini 168 taga yetkazdi. Bu borada Yevropa rekordi uchun yana 9 ta, jahon rekordi uchun esa 16 ta bahs o‘tkazishi kerak bo‘ladi.