Roberto Martines: Junior Krupi Portugaliyani emas Fransiyani tanladi
Portugaliya terma jamoasida o‘ynashi mumkin bo‘lgan futbolchilarni jalb qilish bir masala, lekin futbolchining o‘zi tanlovi boshqa masala.
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Junior Krupi haqida gapirdi.
“Mart oyidagi yig‘indan oldin biz unga murojaat qilgan edik. Portugaliya terma jamoasida o‘ynashi mumkin bo‘lgan futbolchilarni jalb qilish bir masala, lekin futbolchining o‘zi tanlovi boshqa masala. Bu holatda Junior Fransiyani tanladi, biz esa bu qarorni hurmat qilamiz", - dedi Martines.
Ma'lumot uchun, “Bornmut” futbolchisida ikki terma jamoadan birini tanlash imkoni bor edi va u Fransiyada o'ynashni ma'qul ko'rdi. Biroq mundial uchun “uch ranglilar” qaydnomasiga kiritilmadi.