RF: chegara hududlarda harbiylarni saqlash – zarurat
“Rossiyaning Ukraina chegarasidagi qo‘shinlari – mintaqada vujudga keltirilgan keskin vaziyatga nisbatan munosabat”, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Rossiya qo‘shinlari Ukraina bilan chegara hududda bo‘lishini zarurat, deb hisoblaymiz va NATOning harbiy mashg‘ulotlari, josuslik qiluvchi samolyotlari parvozi hamda yalyans infratizimining chegaraga yaqinlashuvi muhitida bu muhimligini ta’kidlaymiz”, dedi Peskov “CNN” ga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya harakatlarni tezkor ilg‘ashi lozim va ehtiyot chorasini ko‘rishga majbur. Shuning uchun ham chegara hududiga harbiylar joylashtirilgan.
Avvalroq Kiyev va G‘arb mamlakatlari Rossiyaning Ukraina chegaralari yaqinida faollashganidan xavotirda ekanini ma’lum qilgandi, deyiladi xabarda.