Respublika ishchi guruhi Sirdaryoda
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va mahalla xotin-qizlar faollariga ko‘maklashish bo‘yicha hududlarga biriktirilgan Respublika ishchi guruhining Sirdaryo viloyatida sektorlar, mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari, mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida ochiq muloqotlari tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Sirdaryoviloyati Oqoltin tumanida o‘tkazildi.

Unda xotin-qizlar bilan bog‘liq, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar, ularning oldini olish borasidagi mutasaddi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, kelgusidagi dolzarb vazifalar belgilab olindi. Undan tashqari ishchi guruh a’zolari “Shodlik” mahallasi xotin-qizlar faoliyati ish tartibi, shu bilan birga tumanda tashkil etilgan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazining ijtimoiy moslashuv maslahat xonasi, Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi, Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi faoliyati ham o‘rganildi.


Sh.Suyarov, O‘zA