Ravshanov Akbar Sattorkulovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Avtomobil yo‘llari yo‘l poyi ko‘tarmasining loyihalash me’yoriy ko‘rsatkichlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusida
Ravshanov Akbar Sattorkulovichning 05.09.02 - “Geotexnika” (Yo‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. Yo‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha) ixtisosligi bo‘yicha “Avtomobil yo‘llari yo‘l poyi ko‘tarmasining loyihalash me’yoriy ko‘rsatkichlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.10/2025.27.12.T.01.05 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 15 iyul kuni soat 09:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100167, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Toshkent davlat transport universiteti, “Avtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti (Sariko‘l ko‘chasi, 1-uy, sobiq Kollej binosi) 2-binosi 104-xona.
Tel.: +998 71 299-00-01
e-mail: rektorat@tstu.uz