RASMAN: JCH-2026 ochilish marosimlari tafsilotlari e'lon qilindi
Shou-dasturlar uchrashuv startidan (kick-off) 90 daqiqa oldin boshlanishi belgilangan.
FIFA bo‘lajak Jahon chempionatining ilk uchrashuvlari doirasida mezbon mamlakatlar — AQSh, Meksika va Kanadada alohida tantanali ochilish marosimlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, 4-iyul kuni AQSh mustaqilligining 250-yilligi munosabati bilan Xyuston va Filadelfiyadagi o‘yinlarda maxsus bayram dasturlari namoyish etiladi.
Yulduzli chiqishlar va reglament:
KANADA (Davomiyligi: 13 daqiqa)
Maykl Buble
Alanis Morissett
Alessiya Kara
MEKSIKA (Davomiyligi: 16 daqiqa 30 soniya)
Maná, Alexandro Fernandes
Belinda, Los Ángeles Azules va Tyla
AQSh (Davomiyligi: 13 daqiqa)
Keti Perri
Future
Sanjoy
Lisa (BLACKPINK)
Muhim ma’lumot: FIFA muxlislarni stadionga ertaroq kelishga chaqirmoqda. Shou-dasturlar uchrashuv startidan (kick-off) 90 daqiqa oldin boshlanishi belgilangan.