Rasman: Grizmann “Atletiko”ni tark etadi
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann joriy mavsum yakunlangach klubni tark etadi. Bu xabar matraschilarning rasmiy sayti orqali ham tasdiqlandi.
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann joriy mavsum yakunlangach klubni tark etadi. Bu xabar matraschilarning rasmiy sayti orqali ham tasdiqlandi.
Xorij matbuotining xabar berishicha, Grizmanning “Barselona”ga oʻtishi kutilmoqda.
Fransiyalik charm toʻp ustasi Antuan Grizmann 2014 yilda “Real-Sosyedad” klubidan 30 million yevro evaziga Diyego Simeone boshqaruvidagi “Atletiko” safiga kelib qoʻshilgan edi. Oʻtgan davr mobaynida futbolchi “matraschilar” bilan birga bir martadan Yevropa ligasi, UYEFA superkubogi hamda Ispaniya superkubogida gʻalaba qozondi.
Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 47ta oʻyinda maydonga tushib, 21ta gol urgan hamda 10ta golga hammualliflik qilgan. Madriddagi besh yillik faoliyati davomida Grizmann barcha musobaqalar doirasida 256ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 133 marotaba ishgʻol etib, yana 50ta golga hammualliflik qilgan.
Taxminlarga qaraganda “Barselona” Antuan Grizmann uchun 120 million yevro toʻlashi yoki Madrid klubiga braziliyalik Felipe Koutinyoni berishi mumkin.