Ramazonda sizni yo‘qlab tadbirkor ayol keldi
Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidagi "Paxtakor" mahallasida 524 ta xonadonda 3336 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 1650 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.
Mahalla xotin-qizlarining muammolarini o‘rganish, ularda tadbirkorlikka qiziqish uyg‘otish, turmush sharoitini yaxshilash va qishloq ayollarining holidan xabar olish maqsadida sirdaryolik tadbirkor ayollar tomonidan "Ramazonda sizni yo‘qlab tadbirkor ayol keldi" saxovat aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiya doirasida turmush sharoiti og‘ir, ijtimoiy yordamga muhtoj va ehtiyojmand 14 ta oila vakillariga sovg‘alar ulashildi.

Sh.Suyarov, O‘zA