Rajabov San’atjon Sunatovichning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Akademik Bo‘riboy Ahmedov tadqiqotlarining Buxoro tarixini o‘rganishdagi ilmiy-metodologik ahamiyati” mavzusida
Rajabov San’atjon Sunatovichning 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Akademik Bo‘riboy Ahmedov tadqiqotlarining Buxoro tarixini o‘rganishdagi ilmiy-metodologik ahamiyati” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashning 2026 yil 8 may kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 200118, Buxoro shahri, M.Iqbol ko‘chasi, 11-uy. Buxoro davlat universiteti bosh binosi, kichik majlislar yig‘ingohi.
Tel.: (99865) 221-29-14; faks: (99865) 221-57-27
e-mail: buxdu_rektor@buxdu.uz