"Rahbar va yoshlar" uchrashuvida talabalar muammolari va takliflari o‘rganildi
Toshkent davlat texnika universitetining Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakultetida "Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimligi hamkorligida "Yoshlar kuni" doirasida "Rahbar va yoshlar" muloqoti tashkil etildi.
Ochiq muloqot davomida talabalarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, ularning ta’lim olishi hamda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.


Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish va kelgusida ishga joylashishiga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularni qiynayotgan masalalarni aniqlash hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hamroz Bayonov,
O‘zA