“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
Navoiy davlat universitetida yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Unda viloyat prokurori Abduqahhor Mullajonov, viloyat IIB boshlig‘i Azat Tasbayev, viloyat Yoshlar ishlari agentligi rahbari Laziz Qayumov hamda universitet rektori, professor Muhiddin Kalonov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning kelgusi rejalari, mehnat bozorida munosib o‘rin egallashi, kasbga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va davlat tomonidan yaratilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bitiruvchilar uchun amal qilayotgan imtiyozlar, moliyaviy ko‘mak vositalari va bandlikni ta’minlashga qaratilgan dasturlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuvda talabalarning murojaatlari, duch kelayotgan muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi.

Yoshlar tomonidan taqdim etilgan istiqbolli tashabbuslar ko‘rib chiqilib, ularni amaliyotga tatbiq etish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar berildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri