Rafohda jami 63 kishi halok bo‘lgan
G‘azo sektori janubidagi Rafoh shahrida Isroil – Falastin mojarosi davomida halok bo‘lganlar 63 nafar, deb xabar berdi “Al Jazeera” telekanali.
Qurbonlar avvaliga 11 kishi ekani, keyinroq 50 kishiga yetgani ma’lum qilingan edi. Jumladan, Ash-Shabura mahallasi ham nishonga olingan.
“Jerusalem Post” gazetasi Isroil mudofaa vaziri Yoava Gallanta bayonotiga tayanib, navbatdagi mo‘ljal G‘azo va Misr chegarasidagi Rafoh shahri bo‘lishini yozgan.
Shu paytgacha harbiylar Misr rasmiylarini g‘azablantirmaslik uchun Rafohda quruqlik qo‘shinlari harakati bilan cheklangan. Juma kuni Bosh vazir Binyamin Netanyaxu armiya va Mudofaa vazirligiga Rafohdan aholini evakuatsiya qilish rejasini taqdim etishni buyurdi. Harbiylar hisob-kitobiga ko‘ra, hududda XAMASning to‘rt bataloni qolgan.