“Quyoshdan rang olib” nomli ko‘rgazma o‘tkazildi
Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida Dinara Babayeva ijodiy ustaxonasi loyihasi doirasida “Quyoshdan rang olib” nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ko‘rgazmada ijodiy ustaxonada 5 yil o‘qigan bitiruvchilarning ishlari taqdim etildi.


Namoyish etilgan kartinalarda bitiruvchilarning asosan ertaklardan olgan xayolot dunyosi, eski qasrlar suratlari, tabiatga bo‘lgan qarashlari, o‘qigan kitoblaridan olgan tasavvurlari, orzularidagi sayohat hamda insoniyatning xarakter obrazlari aks etgan.

Ko‘rgazma joriy yilning 9 iyunigacha davom etadi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA