Quyosh panellari bo‘yicha muammo bartaraf etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan fuqarolarning murojaatlari muntazam ravishda o‘rganilib, ularning manfaati himoya qilinmoqda.
Fuqarolardan kelib tushgan navbatdagi murojaat hamo‘z yechimini topdi. Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi Z.D.dan federatsiyaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, Nukus shahrida joylashgan “Mir Solar” mas’uliyati cheklangan jamiyat bilan tuzilgan shartnoma asosida uning xonadoniga quyosh panellari o‘rnatib berilgan. Biroq, quyosh panellari shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarmasligi ma’lum bo‘lgan. Bu bo‘yicha korxonaga bir necha marta murojaat qilinganiga qaramay, mazkur masala ikki oy davomida kechiktirib kelingan.
Murojaat Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan masala yuzasidan tezkorlik bilan o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada iste’molchining talabi to‘liq qanoatlantirildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.