Quvasoyning bol yetishtirayotgan xo‘jaligi
FOTOREPORTAJ
Quvasoy shahridagi “Tolibjon G‘anijon asalarichi” fermer xo‘jaligi asalari naslini yaxshilash, undan mo‘l mahsulot olish va yangi avlod yetishtirish sohasida respublikada tanilgan xo‘jaliklardan.
– Asalari xosiyatli va mehnatkash jonivor, - deydi fermer xo‘jaligi rahbari G‘anijon Yo‘ldoshev. – Shu mitti jonivor mehnatining barakasi tufayli ming dardga davo ne’mat yaraladi. Bir tomchi asalda minglab gul toti mujassam. Xo‘jaligimizda 600 dan ortiq naslli asalari oilasi parvarishlanmoqda. Biz ishlab chiqargan yangi zotli ona arilarni atrofimizdagi barcha asalarichilarga tarqatamiz. Shu kunlar ona asalari ko‘paytiradigan palla. Uch o‘g‘lim, ikki nabiram bilan oilaviy an’anani davom ettirmoqdamiz.
E’tiborlisi, mahallaning 30 nafar o‘g‘il-qizi G‘anijon akaga shogird tushgan.
[gallery-11517]
Farg‘onalik asalarichilar AQSH, Isroil, Rossiya, Ukraina, Kanada, Avstraliya kabi asalarichilik yaxshi rivojlangan davlatlarda bo‘lib, xorijlik hamkasblari bilan o‘zaro tajriba almashib, o‘z bilim va malakasini oshirib bormoqda. Asalarichilikni rivojlantirish borasidagi ilmiy izlanish va amaliy ishlar xorijlik mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA