“Qurol” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda
Qurolning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish va undan jinoiy maqsadlarda foydalanish holatlarini barvaqt oldini olish borasida joriy yil 5-15 mart kunlari “Qurol” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmatining O‘zA muxbiriga ma’lum qilishicha, maxsus profilaktik tadbirni o‘tkazishdan maqsad, fuqarolar tomonidan shaxsiy qurol va uning o‘q-dorilarini saqlash va foydalanish tartibiga qat’iy amal qilinishini tekshirish, ishonchli saqlanishiga to‘sqinlik qiluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish, qurol bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat va baxtsiz hodisalarining oldini olishga qaratilgan.
Tadbir doirasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida fuqarolar o‘z ixtiyori bilan qurollarni topshirmoqda. Xususan, Sho‘manoy tumanida yashovchi fuqaro K.J. omborxonasidan 1 dona ov quroli stvolini topib olib, o‘z ixtiyori bilan tuman Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektoriga topshirgan.
Dovud Abibullayev, O‘zA