Qurilish ishlari sifati o‘rganilmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari G‘ofurjon Jamolov boshchiligidagi ishchi guruh Namangan shahridagi Uychi ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlarini o‘rgandi. Bunda bunyodkorlik jarayonining belgilangan standart va sifat talablariga qanchalik muvofiqligi tekshirildi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qurilish tashkiloti mas’ullariga qat’iy topshiriqlar berildi.
[gallery-20399]
Xuddi shunday, ishchi guruh Namangan shahrining Hamroh ko‘chasidagi qurilish ob’ektini ko‘zdan kechirdi. Ushbu loyihani “Sabr trade MSS” mas’uliyati cheklangan jamiyati amalga oshirmoqda. Loyiha doirasida ko‘p qavatli turar joy binosi va savdo kompleksi barpo etilyapti. Shuningdek, Amir Temur ko‘chasida “NEO CLASSIC” turar joy kompleksidagi bunyodkorlik ishlari ham guruh e’tiboridan chetda qolmadi.
Asosiy maqsad qurilish ishlarining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat bo‘lgan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA