Qozog‘iston Ukrainaga gumanitar yordam jo‘natadi
Qozog‘iston 14 va 15 mart kunlari Ukrainaga 28 tonna dori-darmon vositalaridan iborat gumanitar yordamning birinchi partiyasini jo‘natadi, deb ma’lum qildi yakshanba kuni respublika sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati 9 mart kuni Vazirlar Mahkamasi Ukrainaga qiymati 2,2 million dollardan oshadigan 25 nomdagi tibbiy preparatlardan iborat gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha qaror qabul qilganini e’lon qilgan edi.
"Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda sanoatlashtirish va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi birgalikda Almati-Katovitse (Polsha) yo‘nalishi bilan havo yo‘li orqali gumanitar yuk yetkazish masalasini ko‘rib chiqdi. Ukraina fuqarolariga gumanitar yordam 14 va 15 mart kunlari ikkita reys orqali jo‘natiladi", – deyiladi xabarda.
Gumanitar yordamning jami og‘irligi 28,2 tonnani tashkil qiladi.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan telefon orqali so‘zlashib, Ukraina fuqarolariga gumanitar yordam jo‘natishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.