Qozog‘iston Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi
Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi.
Yuksak martabali mehmonni Toshkent-Humo aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qardosh davlat hukumati rahbari poytaxtimizda o‘tayotgan nufuzli anjuman doirasidagi eng muhim tadbirlarda ishtirok etib, nutq so‘zlashi kutilyapti. Shuningdek, mazkur tashrif dasturidan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv va muzokaralar ham o‘rin olgan.


O‘zA