Qozogʻistonda ham xaridorgir mahsulotlar
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi “ALFA IZVEST” MCHJda qurilishbop tabiiy izvestnyak toshlari ishlab chiqariladi.
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi “ALFA IZVEST” MCHJda qurilishbop tabiiy izvestnyak toshlari ishlab chiqariladi.
Joriy yil avvalida faoliyat boshlagan korxonaning umumiy loyiha qiymati 880 ming AQSH dollari boʻlib, ayni paytda bu yerda 26 nafar kishi ish bilan band. Ular tomonidan ishlov berilib, pardozlangan turli oʻlchamdagi toshlar kuniga 250-300 kv.metr mahsulot sifatida buyurtmachilarga yetkazib berilmoqda. Korxona mahsulotlariga ichki bozordan tashqari qoʻshni Qozogʻiston davlatida ham talab katta.


