Qozog‘iston Prezidenti Rossiyaga keldi
Kasim-Jomart Tokaev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti sifatida o‘zining ilk xorijiy safarini amalga oshirib, Rossiya Federatsiyasiga keldi.
Kasim-Jomart Tokaev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti sifatida o‘zining ilk xorijiy safarini amalga oshirib, Rossiya Federatsiyasiga keldi.
”Davlat rahbari Kasim-Jomart Tokaev rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga yetib keldi”, - deb xabar bergan Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi.
Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Tokaev o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning asosiy jihatlari, Yevrosiyo hududida integratsion rivojlanish istiqbollari va boshqa muhim masalalar muhokama etiladi.
Qozog‘iston Respublikasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, safar davomida Tokaev va Putinning tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Tokaev Rossiya Federatsiyasi Federal Yig‘ini Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matvienko bilan ham uchrashadi, Notanish askar qabriga gul qo‘yish marosimida ishtirok etadi.
Safar yakunida davlat rahbarlarining bir qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.