Qotil “Dok-1 Maks” dori vositasi
O‘zbekistonda 65 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan shamollashga qarshi “Dok-1 Maks” siropi bilan bog‘liq ish bo‘yicha sud 11 avgust kuni soat 10:00 da Toshkent shahar sudida boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot kotibi Aziz Abidov ma’lum qildi.
Jinoyat ishi yuzasidan:1972 yilda Hindistonda tug‘ilgan, “Quramax Medikal” MCHJ direktori;1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, bir vaqtda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori lavozimlarida ishlagan va boshqalarga jami 21 kishi: “Quramax Medikal” MCHJ va “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK mas’ul xodimlari ayblov e’lon qilingan.
Ayblanuvchilarning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol bo‘lib, ularning 7 tasiga “qamoqqa olish”, 12 tasiga “munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat” va 2 tasiga “garov” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Ular Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra, sodir etilgan jinoyatlar oqibatida 65 nafar yosh bola vafot etgan.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/5PUWfwT7uSI" title="Qotil “Dok-1 Maks” dori vositasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Shahnoza Toshtemirova
Iskandar Ismatov.
O‘zA