Qo‘shrabotga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Qo‘shrabot tumani Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Oqbo‘tayev Himmat Qo‘chqorovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.
Shu paytgacha Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Shakarboyev Dilshod Davronovich Qo‘shrabot tumani hokimi etib tasdiqlandi
O‘zA.