Qöşimça 120 ta avtobusni keltiriş işlarini jadallaştiriş vazifasi qöyildi
Buxoroda jamoat transporti yetarliça rivojlanmagani sabab aholining 80 foizi iş, öqiş va kundalik yumuşlariga yengil avtomobilda qatnaydi. Prezidentimiz viloyat uçun zarur bölgan qöşimça 120 ta avtobusni keltiriş işlarini jadallaştiriş vazifasini qöydi.
Turistlarning Buxoro haqidagi dastlabki taassuroti aeroport va temir yöl vokzallari atrofidagi muhitdan boşlanişi taʼkidlandi. Şu bois, bu hududlarda xizmat körsatiş sifati va qulayliklarni oşiriş böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berildi.
Daraxt turlarini Buxoroning iqlimi va tarixiy qiyofasiga mos tanlaş, mavjud daraxtlarni parvarişlaş hamda yöl böylarini obodonlaştirişda yagona yondaşuv kerakligi aytildi.
Viloyatdagi 55 ta mahalla aholisi markazlaşgan içimlik suvi bilan taʼminlanişni kutayotgani qayd etildi. Prezidentimiz mutasaddilarga mazkur mahallalarga suv yetib borişining aniq muddatini belgilab, hal qilişni topşirdi. Viloyatdagi oilalarning uy-joyga ehtiyojini qondiriş maqsadida turar joy massivlari qurilişini jadallaştiriş vazifasi qöyildi.
ÖzA