Qoraqalpog‘istonlik jirov Gran-pri sohibi
Qirg‘iz Respublikasi Issiqko‘l viloyatida baxshi, oqin va jirovlarning VIII xalqaro tanlov festivali bo‘lib o‘tdi.
Unda Qirg‘iziston, Turkiya, Eron, Qozog‘iston Respublikasidan va mamlakatimizdan iste’dod egalari o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyish etishdi.
Xalqaro tanlovda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti badiiy san’at kafedrasi mudiri Salamat Ayapov ishtirok etib, Gran-pri sohibi bo‘ldi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.