Qoraqalpogʻistonlik pillakorlar peshqadam
Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchinchi mavsumdagi davlatga pilla yetishtirish reja-topshirigʻini Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib bajardi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchinchi mavsumdagi davlatga pilla yetishtirish reja-topshirigʻini Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib bajardi.
Soʻngi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida pillachilikka katta eʼtibor qaratilib, sohani yanada rivojlantirish maqsadida izchil islohotlar olib borilmoqda.
Yaratilib berilgan imkoniyat va imtiyozlardan toʻgʻri foydalangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi pillakorlari joriy yil bahorgi ipak qurti boqish mavsumida 550,2 tonna, yozgi mavsumda 10 tonna hamda uchinchi mavsumda 47,1 tonna kumush tolasi yetishtirib, pilla yetishtirishda davlat reja-topshirigʻini birinchilardan boʻlib uddaladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy yilda 11 tumanda uchinchi pilla yetishtirish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etilib, jami 937 quti ipak qurti agrotexnik qoidalarga qatʼiy rioya etgan holda parvarishlandi.