Qorao‘zakda yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yil boshidan buyon tumandagi 13 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan 11 ming 301 nafar yosh to‘g‘risida ma’lumotlar shakllantirildi. Shundan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari va bandligi ta’minlanmagan 520 nafar yigit-qiz “Yoshlar daftari”ga kiritildi hamda ularning muammolarini hal etish borasida tegishli yordam ko‘rsatildi.
[gallery-9509]
Sentyabr va oktyabr oylarida xatlovdan o‘tkazilgan kam ta’minlangan oila farzandlari va bandligi ta’minlanmagan 818 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga kiritish uchun tavsiya etildi.
Kuni kecha “Yoshlar daftariga” kiritilgan 260 nafar yigit-qizga o‘zini o‘zi bandligini ta’minlashi, mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskunalar, mehnat qurollari subsidiya asosida topshirildi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA