Qorao‘zak yoshlari g‘olib bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida “O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” doirasida 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida jamoaviy uloq-ko‘pkari musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Chimboy, Bo‘zatov, Kegayli, Nukus tumanlaridan jami 14 ta jamoa ishtirok etdi.
Musobaqa yakunida Qorao‘zak tumani Ichki ishlar bo‘limi jamoasi birinchi, Qorao‘zak tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi jamoasi ikkinchi, Qorao‘zak tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi jamoasi uchinchi o‘rinlarni egalladi.
[gallery-5047]
G‘olib va sovrindorlarga yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qorao‘zak tumani hokimligi, Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi, Turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Qorao‘zak tumani Ichki ishlar bo‘limi jamoasi Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, “O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” doirasida uyushmagan yoshlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha “Mahalla kubogi” musobaqasi g‘oliblari ham aniqlandi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA